
“Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusiga bag'ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Август 21, 2024
- 185 кўрилди
Joriy yilning 21-avgust kuni Urganch tumanidagi “O‘zbek-turkman” do‘stlik uyida davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlari uchun konferensiya tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tashabbusiga ko‘ra mazkur tadbir Xorazm viloyat hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tadbirda 30 dan ziyod axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.
Tashkil qilingan konferensiyada Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi (DJTQM) Xorazm viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari G‘.Sapayev, Xorazm viloyat Xalq qabulxonasi vakili Sh.Ibragimov, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi, Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bosh maslahatchisi L.Yusupov, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi viloyat hududiy sho‘basi mas’ul xodimi H.Habibullayev, Xorazm viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i I.Karimovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok qilishdi.
Boshqarma boshlig‘i D.Bekchanova konferensiya ishtirokchilarini axborot xizmatlari faoliyatini global o‘zgarishlarga muvofiqlashtirib borishida, islohotlar bilan yonma-yon qadam tashlab borishda bu kabi tadbirlarning ahamiyati yuqoriligini ta’kidladi.
Boshqarma boshlig‘i, shuningdek, nutqida axborot xizmatlari faoliyatida kuzatilayotgan yutuqlar, shu bilan birga ayrim kamchiliklar haqida ham to‘xtalib, axborot xizmati rahbarlarining ishlari doimiy jamoatchilik faollari kuzatuvida-nazoratida ekanligini ta’kidladi.
Konferensiyada ishtirok etgan ma’sullar axborot xizmatlari faoliyatida muhim ahamiyatga ega mavzular to‘g‘risida ma’ruzalar qilishdi.