
"Chilla – iste’dodlar mavsumi" madaniy tadbirlari davom etmoqda!
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Июль 23, 2024
- 232 кўрилди
Mamlakatimizda yoz mavsumida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 15-iyulidan "Chilla isteʻdodlar mavsumi" loyihasi doirasida madaniy tadbirlar start oldi. Ushbu loyiha doirasida viloyatimizning Amir Temur istiroxat bogʻida madaniyat va sanʻat, milliy liboslar koʻrgazmasi, yozgi kinoteatr namoyishi, oshpazlik mahorati, tasviriy va amaliy sanʻat koʻrgazmasi, yozgi chodirlar hamda gulxan atrofida davra suhbatlari tashkil qilinmoqda.
Loyiha doirasidagi madaniy tadbirlar har kuni viloyat "Yoshlar" markazi binosi joylashgan hududda soat 19:00 dan 23:00 ga qadar bo'lib o'tmoqda.