
“Yoshlar markazi”da “O‘qituvchi qadri” nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Апрель 25, 2025
- 64 кўрилди
Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida o‘tkazilgan ushbu taqdimotda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Nigora Kutlimuratova, O‘zbekiston Qahramoni Anora Maxmudova, viloyat kasaba uyushmasi rahbari Gulsara Qurbanbaeva, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i Bekzod Abdirimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibadullayeva, “Xorazm haqiqati” va “Хорезмская правда” gazetalari bosh muharriri Soliyajon Rahimberganova, UrDU professorlari Erkin Ro‘ziyev va Sultonposhsha Masharipovalar so‘zga chiqdilar.
Shuningdek, kitob taqdimotida tegishli tashkilotlar mas’ullari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari, davlat mukofoti sohibalari, professorlar, fan doktorlari, ijodkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqanlar avvalo o‘qituvchining qadri juda ulug‘ va beqiyos ekanligi, ayniqsa hozirgi globallashuv zamonida Ustozning kelajak bunyodkorlarining tarbiyachisi sifatida mas’uliyati ikki hissa ekanligini ta’kidladilar. Shuningdek, kitobning bugungi kun uchun dolzarb mavzuda, chuqur falsafa, hayotiy misollar va badiiy mushohada bilan yozilganligini e’tirof etdilar.