Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari o‘rtasida “Men ham...

Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari o‘rtasida “Men ham harbiy bo‘laman” mavzusida eng yaxshi roliklar tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida NIZOM

Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari o‘rtasida
“Men ham harbiy bo‘laman” mavzusida eng yaxshi roliklar
tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida
NIZOM

I. TANLOVNING ASOSIY MAQSADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 iyundagi 2023-2027 yillarda “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini  oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 267-sonli hamda Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 11-iyuldagi 217-12-0-Q/2-sonli qarorlarida belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh avlodni kindik qoni to‘qilgan ona-yurtiga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada  mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarni ommalashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish;

“O‘zbekiston-2030” strategiyasi  ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan muhim va dolzarb vazifalar, erishilgan yutuqlar, “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”  Dasturi doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlar qalbida ona-vatanga  mehr-muhabbat, sadoqat va o‘z yurtining har bir qarich yerini muqaddas bilish g‘oyalarini keng targ‘ib qilish va bu borada olib borilayotgan ishlarning samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish;

harbiy vatanparvarlik ruhini shakllantirishda barcha bo‘g‘indagi idora va tashkilotlarning, ta’lim muassasalarining yutuqlarini e’tirof etish;

yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan ibratli ishlarni targ‘ib qilish, tajribalarni ommalashtirish hamda ushbu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishayotgan yoshlarning o‘ziga xos o‘rni va ulushini ko‘rsatib berish;

muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlarning, safarbarlik chaqiruvi rezervi, harbiy qism va chegara qo‘riqlash vzvodlari xizmatchilarining jangovor hayoti, jismonan va ruhiy tayyorganliklarini namoyon etish;

ta’lim muassasalarida harbiy vatanparvarlik darslarining tashkil qilinishini keng ommalashtirish.

 II.TANLOV SHARTLARI

II.1.Tanlovga taqdim etiladigan materiallarda harbiy vatanparvarlik mavzusi, jumladan, yoshlarni ona-vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh avlodni ona-yurtiga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada mustahkamlash mavzulari, bu borada yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar aks etishi lozim.

II.2. Shu bilan bir qatorda tizimda imtiyozlar, imkoniyat va qulayliklarni nazarda tutuvchi Prezident Farmonlari, hukumat qarorlari va “O‘zbekiston-2030” strategiyasi  ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, oldda turgan muhim va dolzarb vazifalar, erishilgan yutuqlar yoritilishi zarur.

II.3. Tanlov viloyatdagi barcha davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari xodimlari, OAV xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladi.

 III.TANLOVNI O‘TKAZISH QOIDALARI

III.1.Tanlovga 2024-yil martdan 2024-yil 20-dekabrgacha bo‘lgan muddatda tayyorlangan 1-2 daqiqadan katta bo‘lmagan videoroliklar qabul qilinadi. 

III.2.Ijodiy ishlar: elektron material  ko‘rinishida taqdim etiladi.

III.3. Ijodiy ishlar  “Men ham harbiy bo‘laman” mavzusida eng yaxshi roliklar tanlovi mavzusi ostida berilishi zarur.

III.4. Yuborilgan ijodiy ishlar “Men ham harbiy bo‘laman” mavzusida eng yaxshi roliklar  tanloviga deb ko‘rsatilishi shart.

III.5. Ijodiy ishlar muallifi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar ilova qilinishi lozim.

III.6.Materiallar quyidagi manzilga jo‘natiladi:

 Viloyat  axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi. 220100. Urganch shahri, A. Qodiriy ko‘chasi, 2B-uy. Telefonlar: 62 223-17-55. 62 223 13-26.

“Men ham harbiy bo‘laman” mavzusida eng yaxshi roliklar  tanlovi tashkiliy qo‘mitasiga.  

 IV.TANLOVNI O‘TKAZISH TARTIBI

IV.1.Tanlovni o‘tkazish maqsadida Viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi qoshida tashkiliy qo‘mita tuziladi.

IV.2.Tanlov ishtirokchilarining ishlari tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi va baholanadi.

IV.3.Tanlovga yuborilgan ishlar quyidagi mezon bo‘yicha baholanadi:

Mavzuning dolzarbligi, ish mazmunining ijtimoiy ahamiyati, harbiy vatanparvarlik, ona-vatanga sadoqat mavzusining ochib berishdagi aniqlik va o‘ziga xoslik, xilma-xillik, ijodiy yondashuv, mahorat va boshqalar.

Har bir ish besh balli sistema bo‘yicha baholanadi.

“Men ham harbiy bo‘laman” mavzusida eng yaxshi roliklar  tanlovi g‘oliblarining ijodiy ishlari OAV lari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qilinadi.

 V.G‘OLIBLARNI MUKOFOTLASh

V.1.Tanlov g‘oliblari aniqlanib, har biri qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlanadilar. Tanlov homiysi: O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi.

V.2.Tanlov natijalari “Xorazm haqiqati” va “Хорезмская правда” gazetalari, elektron nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.

V.3.Mukofotlar 2024-yil yakuni bilan yangi yil  bayrami  arafasida topshiriladi.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.