
Matbuot kotiblari, OAV vakillari va blogerlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Февраль 07, 2024
- 346 кўрилди
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda uning Xorazm viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat Adliya boshqarmasi, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Xorazm viloyat hududiy bo‘linmasi va Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Seminarda “Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari”, “OAV larining jamoatchilik nazoratini olib borishdagi huquq va majburiyatlari, zaruriy tartiblar”, “Aholining davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini oshirishda davlat hokimiyati organlarining ochiqligi”, “Davlat hokimiyati organlarining ochiqligi va shaffofligi”, “Mualliflik va turdosh huquqlar muhofazasi. Televideniya, radio va internetda mualliflik huquqi” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.
Tadbirda Xorazm viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i D.Bekchanova, viloyat Adliya boshqarmasi yetakchi maslaxatchisi R.Ibragimov, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi (DJTQM) viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari G‘.Sapayev, Jurnalistlar uyushmasi viloyati bo‘limi raisi O‘.Matqurbanov o‘z ma’ruzalari bilan chiqdilar. Tadbir jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh mutaxassisi F.Tolipov onlayn tarzda ishtirok qildi.
O‘quv-seminar ochiq muloqot tarzida tashkil etildi. Unda jamoatchilik bilan aloqalar jarayonida tashkilot imidjini oshirish, inqirozli vaziyatdan chiqib ketishning samarali usullari haqida hamda o‘quv-seminar mavzulari yuzasidan batafsil fikr-mulohazalar bildirildi.