
Matbuot kotiblari va OAV vakillari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Декабрь 20, 2023
- 309 кўрилди
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi va Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamkorligida “Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari”, “Jamoatchilik nazoratini ta’minlashda OAV, blogerlarning roli” mavzusida seminar o'tkazildi.
Hamkor tashkilotlar rahbar, mas’ul xodimlari, idora va tashkilotlar matbuot kotiblari hamda OAV vakillari ishtirok etgan seminarda mamlakatimizda davlat boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, ular ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati, ularning davlat bilan jamiyat o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlashda o‘ziga xos “ko‘prik” rolini bajarishi ta’kidlandi.