
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markaziga O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 100 million so‘m pul mukofoti topshirildi
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Январь 24, 2025
- 88 кўрилди
Maktab kutubxonalarini Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron ma'lumotlar bazalariga ulash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva, Respublika axborot-kutubxona markazi direktori Asqar Gaziyev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi D.Bekchanova hamda Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Rahimboy Qurbonovlar hamrohligida Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazining yangi binosi faoliyati bilan tanishdilar.
Mexmonlar kutubxona fondida saqlanayotgan nodir nashrlar va o'lkashunoslik muzeyi bilan tanishar ekanlar, ushbu muzey kitobsevarlarga hali ko'p yillar xizmat qiladi deya fikr bildirib o'tdilar.