
Xorazm viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida viloyatda faoliyat yuritayotgan jurnalist va blogerlar uchun Matbuot anjumani va Press-tur tashkil qilindi
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Май 10, 2024
- 206 кўрилди
Matbuot anjumani davomida manzarali daraxtlarga zararkunanda tushish sabablari? -mahsulot pishib yetganida nega virus tushadi? -sifatli mahsulot olish uchun nima qilish kerak kabi savollarga javoblar berildi. Anjumanning ikkinchi qismida O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti Xorazm filialida bo‘lishdi. U yerda laboratoriya faoliyati, yosh olimlar tomonidan qilinayotgan ishlar, tadbirkor va fermerlar hamkorligi hamda ulardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan tanishishdi.
Press-tur davomida jurnalist va blogerlar Qo‘shko‘pir tumanida joylashgan "WBM Qo‘shko‘pir klaster" MCHJ biolaboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.