
Xorazmda 2-avgust Bug'u kuni munosabati bilan press-tur tashkil etildi
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Июль 31, 2024
- 244 кўрилди
Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi, "Xorazm milliy tabiat bog'i" hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorlikda tashkil etilgan press-turda, amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusida amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar hamda Bug'u hayvoni va hozirda pitomnikda mavjud Buxoro xonguli haqida OAV vakillari, bloger va jurnalistlarga keng ma’lumot berildi.
Ma’lumot o'rnida: Bug'ularda har bahorda yangidan shox o'sib chiqadi. Urg'ochilarda shox bo'lmaydi. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bugʻulari Zarafshon milliy bogʻi, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, Qizilqum qoʻriqxonasi va Xorazm milliy tabiat bogʻida keng tarqalgan. Hozirda Xorazm milliy tabiat bog‘ida 11 boshni tashkil etadi.