Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining qirq yettinchi sessiyasi
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Декабрь 17, 2021
- 454 кўрилди
"Bugungi yigʼilishdan asosiy maqsadimiz joriy yil davomida Hurmatli Prezidentimiz tomonidan oldimizga qoʼyilgan ulugʼvor vazifalarning ijrosini taʼminlash boʼyicha Siz, hurmatli shahrimiz faollari bilan birgalikda amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilish, kelgusi yilda oldimizda turgan vazifalarni belgilab olishdan iborat." -deya Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev shahrimiz aholisiga oʻz murojaatini yoʻllashni boshladi.
Maʼlumot sifatida, mazkur jarayonlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda jonli efir orqali toʻgʻridan-toʻgʻri uzatilmoqda. Shuningdek, viloyatimizning koʻplab OAV vakillari va jurnalist, blogerlari ishtirok etmoqdalar.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.