AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA TURKIY XALQLAR ADABIYOTI NAMUNALARI
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Март 29, 2022
- 413 кўрилди
Uyingizga mehmon kelmoqchi boʻlsa, alohida tayyorgarlik koʻrasiz. Toʻy qilmoqchi boʻlsangiz tayyorgarlikni yanada puxtalaysiz. Bu tabiiy. Yurtga mehmon kelsa-chi? Butun shahar ahli, yurt obodligi, saranjom-sarishtaligi uchun astoydil yelib-yuguradi. “Mehmon kelsa bosh ustina” niyatida harakat qilayotgan xalqimizga, yurt ogʻzibirchiligiga va tinchligimizga koʻz tegmasin.
Respublikamizga, shuningdek, Xorazmga rasmiy mehmonlarning tashrifi kuzatilayotgani bahonasida Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazi xodimlari ham “Turkiy xalqlar adabiyoti namunali” nomli burchak tashkil qilishdi. Unda turkiy xalqlarning badiiy, publitsistik, bolalar adabiyotlaridan namunalar keng oʻrin oldi. Markaz xodimlari kitobxonlar bilan mavzuga doir qiziqarli suhbatlar, uchrashuvlar oʻtkazishmoqda.