Президент табригидан тўлқинланиб

Президент табригидан тўлқинланиб

Yurtimiz tarixida ilk bora Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga oʼzining tabrigini yoʼllaganligi biz yoshlarni juda ruhlantirdi va kelgusida yanada koʼproq yutuqlarga erishish, yuksak marralarni zabt etishga undadi. Hozirda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarni sanab adogʼiga yetolmaymiz. Jumladan, biz bitiruvchilar Oʼzbekiston Davlat oliygohlarida, balki, chet elning nufuzli universitetlarining yurtimizdagi filiallarida malakali mutaxassislar tomonidan talim olish imkoniyatiga egamiz. Bularning barchasi yurtboshimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilayotganligi hech birmizga sir emas. Ayniqsa, ularning ,,Yangi Oʼzbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi" degan gaplari taʼlim sohasiga qaratilayotgan etiborning yaqqol dalilidir. Davlatimiz rahbariga shunday shart- sharoitlar yaratib berayotganligi uchun tashakkurlar aytamiz va ularning, xalqimizning bizga bildirayotgan ishonchlarini oqlab Oʼzbekistonimizni dunyodagi har tomonlama rivojlangan davlatlar qatorida eng yuqori pagʼonalarda turishida oʼz hissamizni qoʼshamiz deb oʼzim va yuragida xalqiga, vataniga mehri joshib koʼzlari yonib turgan har bir oʼzbek farzandi nomidan vaʼda beraman!

Komilova Gulruxsorbegim Hamidbek qizi
Yangiariq tumanidagi 21-son maktabning bitiruvchisi

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.