Шарафли табрик

Bugun biz ustozlar uchun juda quvonchli, hayajonli kun. Niholdek parvarish qilgan o'quvchilarimizni katta hayotga kuzatmoqdamiz. Ayni shu daqiqalarda bitiruvchilarimizning sevinchi ikki hissa oshdi.Sababi, shaxsan Prezidentimizmizning yoshlarga yo'llagan tabrigi ularga o'zgacha kuch, o'zgacha shijoat baxsh etdi.Muhtaram Prezidentimiz "Yosh do'stim"  deya O'zbekiston  yoshlariga murojaat qilar ekan, ularga  bo'lgan cheksiz mehr muhabbatni, yuksak ishonchni izhor qildilar.Albatta, bu mehr, e'tibor hayotimizdagi o'zgarishlarda o'z isbotini topmoqda. Yangidan yangi maktablarni tashkil etilgani, akademik litseylarga bo'lgan e'tibor barchamizni quvontiradi.

Bugungi bitiruvchi kechagi bituruvchi emas.Ular katta imkoniyatlar egasi.Hozirgi kundayoshlarimiz uchun bir vaqtning o'zida 5 ta oliy ta'lim muassasasida tanlovda ishtirok etish imkoniga ega bo'ldilar.Birgina akademik litseyimiz misolida aytadigan bo'lsak, o'tgan yili bitiruvchilarimizning qariyb  80 foizi Oliy ta'limga qabul qilindilar.Joriy yilda ham yuqori natijalarni ko'zlab turibmiz. Bitiruvchilarimiz orasida IETS va Sefr imtihonlarida qatnashib 10 dan oshiq talabamiz yuqori natijalarni ko'rsatdilar va   sertifikatga ega bo'ldilar.

Biz, ustozlar, doimi o'quvchilarimizning yutug'idan kuch olib yashaymiz. Tilagim, barcha bitiruvchilarimiz jamiyatda munosib o'rniga ega bo'lsinlar.Vatanimizga munisib inson bo'lsinlar!

O’quvchimga xitob  
 
Hali niholdirsan hayot bog’ida, 
Qo’llaring quyoshga cho’zgin-u intil. 
Ildizing qudratli zamin bag’rida 
Erta mevalaring bo’lajak sarhil 
Sening yashnamog’ing uchun bor kuchim 
O’quvchim! 
 
O’tkinchi to’zonlar qadding egmasin, 
Kelmasin izg’irin bexos bog’ingga. 
Sen bu borliq aro shunday yuksalgin 
Yulduzlar shudringday qo’nsin bargingga 
Sening   zafarlaring-mening sevinchim  
O’quvchim! 
 
Chalg’ima qarg’alar har yon tortqilar, 
Egri o’sgan daraxt yeridan ayro, 
Gar nihollar o’zni o’tga otdilar, 
Qancha bog’bonlarning ko’ksida nido 
Ogoh bo’l, ogoh bo’l sendan o’tinchim 
O’quvchim! 
 
Vataning –sen ildiz otgan shu tuproq, 
Qaynoq muhabbati- yaratar bahor 
Poyingda oqar daryolar shundoq 
Tomiringda oqqan qonday shiddatkor 
Sen namoyon etgin daryolar kuchin 
O’quvchim! 
          O’quvchim! 
                  O’quvchim!

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.