
XORAZM MATBUOTI, MATBAACHILIK, NOSHIRLIK: TARIXI VA BUGUNI
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Апрель 17, 2025
- 13 кўрилди
KITOB - NAQADAR MO‘ЪJIZASAN, MENING BEG‘ARAZ DO‘STIMSAN. TAЪRIFINGGA KALOMLAR OJIZ.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining kitobxonlarga muborak tuhfasini “XORAZM MATBUOTI, MATBAACHILIK, NOSHIRLIK: TARIXI VA BUGUNI” deb nomladik.
Mazkur to‘plamda sohada uzoq yillik samarali faoliyati, viloyatda nashriyot-matbaa tizimi, bosma nashrlar, televideniya va radio, kutubxona va kitob do‘konlari, qo‘yingki, hududdagi xalqqa axborot yetkazish va ziyo tarqatish borasida olib borilgan va olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z yuritiladi.
Kitobni o‘qir ekansiz, Xorazm matbuotining mashaqqatli tarixiy yo‘li ko‘z oldingizda gavdalanadi. Solnomada sohaning fidoyi va jonkuyar, zahmatkash vakillari haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Maqola mualliflari bu jarayonni samimiylik va mahorat bilan bayon etishgan.
Ushbu xayrli va ezgu ishimizni qo‘llab-quvvatlagan barcha mualliflarga, shuningdek, kitobimizni nashrga tayyorlash va chop qilishda homiylik qilib, yaqindan ko‘mak bergan Ogahiy nashriyoti direktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shoira Shamsga alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Dilbar BEKCHANOVA,
O‘zbekiston Jurnalistlar hamda Yozuvchilar uyushmalari a’zosi