"NAMUNALI AXBOROT XIZMATI" LOYIHASI YANGIARIQ TUMANIDA

"NAMUNALI AXBOROT XIZMATI" LOYIHASI YANGIARIQ TUMANIDA

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi  tashabbusi bilan 2019-yildan beri davom qilib kelayotgan "Namunali axborot xizmati" loyihasi doirasidagi  tadbir Yangiariq tumanida boʻlib oʻtdi.

Anʼanaviy loyiha doirasida matbuot kotiblari faoliyati atroflicha oʻrganilmoqda, tahlil etilmoqda, hududlarda press-turlar tashkil qilinmoqda. Shuningdek, bu orqali shahar va tuman hokimlarining axborot siyosati  masalalari boʻyicha maslahatchilari maqomida faoliyat olib borayotgan matbuot kotiblarining oʻzaro tajriba almashish, ish oʻrganish imkoniyatlari ham yaratilyapti.

Yangiariqda oʻtkazilgan navbatdagi tadbirda  tuman hokimi Zafarbek Matnazarov ham  ishtirok qildi. Hokim  rahbarligida xududning eng  muhim va diqqatga sazovor obyektlari borib  koʻrildi.
Soʻnggi toʻrt oyda tuman markazida  IT PARK  qayta qad rostladi, zamonaviy jihozlandi. Bugungi kunda bu yerda “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi boʻyicha 366 nafar yosh yigit-qizlar  dasturlashning talab yuqori boʻlgan yoʻnalishi va ingliz tilidan taʼlim olishmoqda. Mashgʻulotlar esa bepul olib borilmoqda. 20 nafar malakali mutaxassislar yordamida yoshlarga axborot texnologiyalarining muhim sir-sinoatlari  oʻrgatilmoqda.
Tuman hokimi Zafarbek Matnazarov ishtirokchilarni, OAV xodimlarini  navbatdagi manzil "CARWINGS XORAZM PLAST" MCHJ korxonasi bilan tanishtirdi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, tumanda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, toʻgʻridan-toʻgʻri investorlarni jalb etish orqali iqtisodiy koʻrsatkichni koʻtarish borasida samarali ishlar olib borilmoqda
Yaqinda oʻz faoliyatini boshlagan "CARWINGS XORAZM PLAST" MCHJ korxonasi ham qisqa fursatlarda 30 dan ortiq fuqarolarni ish bilan taʼminlashga erishdi.Korxonada asosan avtomabillarning plastik  ehtiyot qismlari va bolajonlar uchun plastik oʻyinchoqlar ishlab chiqarilyapti. Tuman hokimi Z.Matnazarov hamda OAV vakillari  ushbu korxonada boʻlib, korxona faoliyati, yangi zamonaviy texnikalar va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati bilan  yaqindan tanishdilar.

Tumandagi "KATTABOGʻ KULOLCHILIK MARKAZI" oʻziga xos benazir anʼanalar davom etayotgan maskan. Bu yerdagi eng sara va sifatli kulolchilik anjomlari va shaharsozlik sohasida ishlatilayotgan zamonaviy  va tarixiy  uslubdagi goʻzal kulolchilik uskunalari diqqatimizni tortdi. Yangiariq tumani kulolchilik maktabining betakror va oʻziga xos uslublari dunyoga mashhur. Tuman hokimi markaz faoliyati, hunarmandlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi va  "Kattabogʻ  kulollari" sulolasining  8-avlod vakillari bilan suhbatlashdi.

Tumandagi ishsiz oʻtirgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashda  "SETEKS" MCHJ korxonasining hissasi katta. Tuman hokimining soʻnggi vaqtlarda hududda mavjud sharoit va imkoniyatlardan kelib chiqib sanoat va ishlab chiqarish sohalarida bir qator loyihalarni  hayotga tadbiq etayotgani koʻp tahsinlarga loyiq. "SETEKS" MCHJ ham ana shunday astoydil harakatlar natijasida tashkil qilingan. Mazkur korxona joriy  yilning sentyabr oyida faoliyat boshlagan boʻlib, hozirda 110 dan ortiq  ish oʻrinlari yaratilgan. Asosan,  “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”da boʻlgan ayollar va xotin-qizlar ish bilan band boʻlishdi. Bugungi kunda  korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar  toʻgʻridan-toʻgʻri xorijga eksportga yoʻnaltirilmoqda.

"Namunali axborot xizmati" anʼanaviy loyihamiz doirasidagi tadbirlarni samarali va koʻngildagidek oʻtkazishdagi amaliy koʻmaklari uchun tuman hokimiga hamda uning fidoyi komandasiga oʻz minnatdorchiligimni bildiramiz.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.