Afsonaga aylangan shoir
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Апрель 13, 2023
- 259 кўрилди
III Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida shoir va tarjimon, adabiyotshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Ofarin” mukofoti sohibi Matnazar Adulhakim tavalludining 75 yilligiga bag’ishlangan “Afsonaga aylangan shoir” mavzusida adabiy kecha o'tkazildi. Unda taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, Urganch shahridagi umumiy o'rta ta'lim maktablarining ona tili va adabiyot o'qituvchilari va ijodiy madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilari hamda shoir ijodi muxlislari ishtirok etishdi.
Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, viloyat AKM yetakchi mutaxassisi Shuhrat Matkarimov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi bosh mutaxassisi Boltaboy Bekmetov, Urganch davlat universiteti o’qituvchisi, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Javlon Matnazarov, UrDUning yana bir o’qituvchisi, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Hulkar G'oyipova, kompozitor Qadamboy Rahimov va boshqalar shoirning ijodi, hayoti haqida iliq so'zlar, samimiy fikr-mulohazalar bildirdilar. Matnazar Abdulhakimning asarlari, tarjima mahorati, tanqidchilikda tutgan o'rni, Xorazm shevasida yozilgan bitiklari, qo’shiq bolgan she'rlari to’g’risida yig'ilganlarga ma'lumot berdilar. Shunungdek, shoir asarlaridagi o'ziga xos jihatlar, ijodini o'rganish bo'yicha amalga oshirilayotgan tadqiqotlar to'g'risida atroflicha so'z yuritildi.
Ta’kidlandiki, she'r ko'ngil ishi, ijodkorning uyg'oq dardi. Oddiy so'zni qog'ozga bitib, undan go'zal she'r yaratish mashaqqatli ish. So'z yukini, so'z mas'uliyatini his qilish baxti har kimga ham nasib etavermaydi. Sevimli shoirimiz Matnazar Abdulhakim ana shunday baxtga erishgan ijodkor edi.