Kitob bunyodkorlik, yaratuvchanlik va hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir

Kitob bunyodkorlik, yaratuvchanlik va hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir

Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ’ib qilish hamda o‘quvchilar o‘rtasida kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘otish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bekchanova Dilbar Zaripovna qalamiga mansub “Oqibat mehrobi” nomli kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi.
Taqdimotda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Boltaboy Bekmetov, Urganch shahridagi 1 - son, 17 - son, 26 - son, 29 - son umumta’lim maktablari 8 - 9- sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Taqdimot davomida o‘quvchilarga kitob haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. O‘quvchilar bilan o‘qigan kitoblaridan olgan taassurotlari haqida gaplashildi.

Shuningdek, o‘quvchilar bilan savol-javob viktorinasi o‘tkazildi. Savollarga to‘g'ri javob bergan o‘quvchilar muallifning dastxati qo'yilgan sovg'asiga ega bo‘ldilar. O‘quvchilar tadbirda faol qatnashdilar va katta taassurotga ega bo‘ldilar.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.