OAV vakillari va blogerlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

OAV vakillari va blogerlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Xorazm viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi.

Seminarda “Oshkorolikni ta'minlash va aholining davlat hokimyati organlariga ishonchini mustahkamlashda ommaviy axborot vositalarining o'rni” hamda "Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari saylovi jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida yoritilishi” mavzularida taqdimot va mahorat darslari o‘tkazildi.

Hamkor tashkilotlar rahbar, mas’ul xodimlari hamda OAV vakillari va blogerlar ishtirok etgan seminarda mamlakatimizda davlat boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, ular ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati, ularning davlat bilan jamiyat o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlashda o‘ziga xos “ko‘prik” rolini bajarishi ta’kidlandi.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.