Bolalar shoirlari bilan uchrashuv

Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida bo’lib o’tayotgan V respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Xorazmlik bollalar shoirlari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida viloyat axborot-kutubxona markazi xizmat rahbari Shuhrat Matkarimov bugungi kunda vohamizda yashab ijod qilayotgan bolalar shoirlari haqida gapirib o'tdi. Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, bolalar shoirlari Boltaboy Bekmetov, Durposhsho Xudoynazarova, Erpo‘lat Baxt bolalar uchun yozgan asarlari haqida gapirib, ijodlaridan namunalar o‘qib berdilar.
Shundan so'ng ijodkorlar kutubxonaga yangi kitoblarini sovg‘a qildilar.

Tadbirda Urganch shahridagi 12-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari va faol kitobxonlar ishtirok etishdi.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.