KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Октябрь 31, 2024
- 41 кўрилди
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Xorazm viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda Mahmud Zamahshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya - jirkanch illat” mavzusida seminar tashkil qilindi.
Tadbir ishtirokchilariga korrupsiya va uning kelib chiqish sabablari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, korrupsiyaviy xatti-harakatlar uchun javobgarlik turlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetkazildi. Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari haqida so'z yuritildi.
Seminar ishtirokchilariga boshqarma tomonidan tayyorlangan “Korrupsiya - jirkanch illat” mavzusidagi eslatmalar ham tarqatildi. Seminar jonli muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtiruvchi savollar yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.