
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Февраль 19, 2025
- 57 кўрилди
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi, Xorazm viloyat hokimligi, Xorazm viloyat Adliya boshqarmasi va Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi (DJTQM) Xorazm viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda Mahmud Zamahshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida seminar tashkil qilindi.
Tadbir ishtirokchilariga korrupsiya va uning kelib chiqish sabablari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, korrupsiyaviy xatti-harakatlar uchun javobgarlik turlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetkazildi. Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari haqida so'z yuritildi.
Seminar jonli muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtiruvchi savollar yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.