Korrupsiyani birgalikda yengamiz

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida boʻlgani kabi mamlaktimizda ham kun tartibidagi dolzarb masalalaridan biri boʻlib qolmoqda.

Har qanday davlatning rivojlanishi zamirida xoh u iqtisodiy xoh u siyosiy boʻlsin, ushbu davlatdagi jinoyatchilikka qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar holati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va albatta korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi amalga oshiralayotgan keng koʻlamli islohotlar, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish bilan bogʻliq davlatning siyosati yotadi.

Xozirgi paytda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash yangi bosqichga koʻtarilganligi, kerakli qonun hujjatlari qabul qilinib, mustaqil Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzilganligi ahamiyatga molik.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, korrupsiyaga qarshi kurashda uni keltirib chiqarayotgan sabablarni bartaraf etish – eng samarali chora hisoblanadi.

 

“Yuksalish harakati”
Xorazm viloyati hududiy bo’linmasi
mutaxassisi N.Solayev

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.