MUROJAATLARDA INSON TAQDIRI
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Январь 09, 2025
- 8 кўрилди
Maʼlumki, mamlakatimizda 2017-yil 11-sentyabrda juda muhim huquqiy hujjat “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Qonuni bilan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi belgilab berilgan.
Har bir murojaat ortida inson taqdiri, quvonch va tashvishlari boʻladi. Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda boshqarmamizga kelib tushayotgan ariza va shikoyatlar, takliflar atroflicha oʻrganilib chiqilmoqda. Ular yuzasidan zarur amaliy yordamlar yoxud yoʻl-yoʻriq va maslahatlar, keng tushuntirishlar berib borilmoqda.
Murojaatlar ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda boʻlishi mumkin.
Boshqarmamiz veb-saytida murojaatlarni qabul qilib olish uchun maxsus sahifa yaratilgan. Shuningdek, “Ishonch telefoni” ishlab turganligi haqidagi maʼmuotlar joylangan.
Roʻyxatga olingan murojaatlar qoʻshimcha oʻrganishlar talab etilmasa, kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqiladi. Qoʻshimcha oʻrganishlar talab etilsa, murojaatlar kelib tushgan kundan boshlab 1 oygacha koʻrib chiqilishi mumkin. Murojjatlarning koʻrib chiqilishi natijasi boʻyicha ariza beruvchiga yozma yoki elektron shaklda maʼlumot beriladi.
Bundan tashqari, shikoyat va takliflar boʻyicha boshqarmamizda tashkil etilgan (62) 223-13-26 raqamli yagona “Ishonch telefoni”ga ham qoʻngʻiroq qilib bogʻlanish mumkin. Bunday murojaatlar, yaʼni "Ishonch telefon" iga kelib tushgan murojaatlar ogʻzaki murojjatlar sifatida koʻrib chiqilmoqda.
Navroʻz SAPARBAYEV,
Axborot va ommavy kommunikatsiyalar agentligi
Xorazm viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi.