
Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan maktab kutubxonachilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Январь 24, 2025
- 61 кўрилди
Joriy yilning 23-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva hamda Respublika axborot-kutubxona markazi direktori Asqar Gaziyevlar Urganch shahar 1-son ixtisoslashgan maktab-internatida shahar, tumanlardan yig‘ilgan 200 nafardan ziyod maktab kutubxonachilari bilan uchrashdilar.
Uchrashuv davomida Milliy kutubxona elektron kutubxonasidan foydalanish bo‘yicha taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.
"Kitobsevar millatni shakllantirish, uyg‘otishda maktab kutubxonasi eng muhim bo‘g‘in" - Umida Teshabayeva