“INFOLIB-O‘ZBEKISTON 2023" HAFTALIGI BOSHLANDI
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Октябрь 23, 2023
- 247 кўрилди
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida “INFOLIB-O‘zbekiston 2023” haftaligi tadbirlari tashkillashtirildi.
Mazkur haftalik 23-27-oktabr kunlari vohamizning barcha shahar va tuman axborot-kutubxona markazlarida, o‘quv muassasalari va mahallalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir doirasida joylarda kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga, yoshlarning kitob mutolaasi va madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan qator tadbirlar, jumladan, kitob taqdimotlari, taniqli shoir va yozuvchilar, san’atkorlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, viktorinalar, ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tishi maqsad qilingan. Bugun viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida “INFOLIB-O‘zbekiston 2023” haftaligi tadbirlarining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Marosimda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i D.Bekchanova, “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri S. Rahimberganova, taniqli shoir, yozuvchi va dramaturg Quronboy Muhammadrizo, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sho‘ba mudiri B.Tillaev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi B.Bekmetovlar so‘zga chiqib, kitoblarning inson hayotidagi o‘rni, yoshlar ta’lim va tarbiyasidagi bebaho roli, jamiyat taraqqiyotidagi benazir hissasi haqida gapirdilar.
Viloyatda "INFOLIB-O‘zbekiston 2023” haftaligi tadbirlari davom etmoqda.