“MOʻTABAR AYOL” KOʻKRAK NISHONI MUBORAK!

“MOʻTABAR AYOL” KOʻKRAK NISHONI MUBORAK!

Kuni kecha bahor va yasharish, goʻzallik va nafosat bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan viloyat  tadbiri oʻtkazildi. Bayram tadbiriga viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda mehnat qilib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan, ijtimoiy hayotda faol xotin-qizlar taklif etildi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʻrabek Raximov  tadbir ishtirokchilarini  8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy qutladi. Oila va jamiyatni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi munosib xizmatlari uchun viloyatimiz ayollarining  bir guruhiga “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni topshirildi. 

Tadbirda viloyatda matbuot va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasidagi tashabbuslari uchun Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzolari, ustoz jurnalistlar “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyati bosh  muharriri Rahimberganova Soliyajon Sapayevna hamda Xorazm viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Bekchanova Dilbarjon Zaripovnalar ham “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar.

Ustozlarni doimo farzandlari, shogirdlari eʼzozida boʻlishini, uzoq yillar ijod nashidasi surishini tilaymiz.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.