“Ulli-Hovli” majmuasiga press-tur tashkil etildi
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Август 21, 2024
- 74 кўрилди
“Ulli hovli” – ikki xalqning qadim maskani. O‘n yettinchi asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori-atiqalar, ularni o‘rab turgan qo‘rg‘on saqlanib qolgan.
Bu yerda 2017-2018-yillari ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yigirma o‘rinli mehmonxona qurilgan bo’lib, bundan tashqari turkman o‘tovlari ham o‘rnatilgan. Sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Press-tur ishtirokchilari “Ulli hovli” majmuasidagi osori-atiqalar hamda sayyohlik va ziyorat turizmi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.