“Vatan himoyachilari kuni” keng nishonlanmoqda

“Vatan himoyachilari kuni” keng nishonlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni”ni munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida nishonlash, aholining milliy armiyamizdan faxrlanish va unga bo‘lgan ishonch hissini oshirish maqsadida joylarda ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bugun Urganch shahridagi Jaloladdin Manguberdi yodgorligi majmuasida bo‘lib o‘tgan festival buning bir misolidir.

Tinchlik – barchamiz uchun qiymati tengsiz boylik. U chinakam saodatdir. Shuning uchun ham bu g‘oya ulug‘ qadriyat sifatida xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin olgan. Mazkur festival doirasida yugirish marafoni, arqon tortish, tosh ko‘tarish, kamondan otish va boshqa bir qator sport turlari bo‘yicha musobaqlar tashkil etildi.

Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Raximov hamda Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farhodjon Shermatov so‘zga chiqib, bugungi kunda sohalarda olib borilayotgan islohotlar - chegaralarimiz daxlsizligi, yurtimiz tinchligi, osuda hayotimiz uchun asos bo‘layotganini alohida ta’kidlashdi.

Shuningdek, o‘tkazilgan sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlarda g‘olib ishtirokchilarga medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.