“XORAZMDA FUQAROLIK JAMIYATI MEDIA” MARKAZI

“XORAZMDA FUQAROLIK JAMIYATI MEDIA” MARKAZI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasining davlat ijtimoiy buyurtmasiga asosan Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi  huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Yangi Urganch” gazetasi tahririyatining “Xorazmda fuqarolik jamiyati” loyihasi doirasida media markaz tashkil qilindi.

Ushbu loyiha doirasida qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi rahbari Dilbar Bekchonova mazkur media markazga keldi.

Ushbu media markazi #Xorazmda_fuqarolik_jamiyati xeshtegi ostida sifatli foto, video kontentlar ishlab chiqib ularni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlarda joylashtirib bormoqda.
Markaz so‘ngi rusumli video, foto uskunalar, montoj kompyuterlari, ovoz yozish uskunalari, podkast, intervyular uchun maxsus jihozlar bilan ta’minlangan. Loyihaga asosan yil davomida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish uchun kontentlar tayyorlash bo‘yicha jamoat va davlat tashkilotlari bilan ishlash bo‘yicha media rejalar tuzilgan.

Tanishish barobarida markazda faoliyat yuritayotgan jamoa a’zolariga kerakli tavsiyalar va takliflar berildi.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.