HURJON BEKNIYOZOVA KUTUBXONA OCHDI

Urganch shahridagi "Yangi Oʻzbekiston" mahallasida istiqomat qiluvchi Hurjon opa Bekniyozova shaxsiy oilaviy kutubxona tashkil qildi.

Uning kutubxonasida 500 dan ortiq turli badiiy  adabiyotlar, uslubiy qoʻllanmalar bor.

Koʻp qavatli binoning mansard qismida mahalla aholisining, ayniqsa, yoshlarning kitob mutolaa qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

 -Maqsadim,-deydi onaxon,- bolalar boʻsh vaqtlarini behuda oʻtkazmasdan mening kutubxonamda kitob oʻqishsa. Kelinim Maqsudaxon esa ularga qoʻlda  toʻqish sirlarini ham oʻrgatmoqchi.

Bolalarimiz maʼnaviyatli, odob - ahloqli boʻlib voyaga ketishlarida kitobning roli juda katta.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.