MATBUOT KOTIBLARI, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MEDIA-TRENING HAMDA...

MATBUOT KOTIBLARI, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MEDIA-TRENING HAMDA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyala ragentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyat Adliya boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati boshqarmasi, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Xorazm viloyat hududiy bo‘linmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda “Axborot tarqatish kafolatlari, axborot tarqatishda aybsizlik prezumpiyasiga rioya etish” mavzusida matbuot kotiblari hamda jurnalist va blogerlar uchun media-trening hamda viloyatdagi “Chavandozlar maktabi”ning otchopar maydonida press-tur tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – axborot tarqatishdagi huquq va majburiyatlarni, aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etish muhimligini tushuntirishga qaratilgan. Tadbirda matbuot kotiblari, jurnalist va blogerlar ishtirok qildi.

Tadbirda Xorazm viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i D.Bekchanova, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari G‘.Sapaev, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi R.Ibrohimovlar jamoatchilik nazoratini ta’minlash, axborot tarqatishning huquqiy asoslari, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborotlarga munosabat bildirish va murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, jurnalistlarning kasb etikasi prinsiplari va normalari, shuningdek, qonunchilikda axborot tarqatishdagi huquq va majburiyatlar, aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etish lozimligi bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni yanada oshirish yuzasidan takliflar bildirilib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib olindi.

Shuningdek, ishtirokchilar tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati boshqarmasi, Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi Axborot guruhi bosh mutaxassisi kapitan Boltaboyev Nodirbek Umarbek oʻgʻli boshchiligida “Chavandozlar maktabi”ning faoliyati bilan ham tanishdilar.

Tadbirda ishtirokchilar mazkur maktab faoliyati boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻldilar. Jumladan, ushbu maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 avgust kunidagi 5212-sonli "Chavandozlar maktabi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan “Chavandozlar maktabi” tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda maktabda 40 nafar o‘quvchi ot sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarda shug‘ullanmoqda. O‘quvchilar tomonidan bir nechta ot sporti musobaqalarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritishgan misol uchun joriy yil yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionatida ot sportining "polo" turi bo‘yicha 1-o‘rini qo‘lga kiritishdi. Xozirda mazkur maktab tomonidan Viloyat xududidagi 10 ta tumanda ot sporti seksiyalari tashkil qilingan mazkur seksiyalarda yoshlar ot sporti bo‘yicha maxorat darslarida ishtirok etishmoqda.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.