Matbuot kotiblari, OAV vakillari va blogerlar uchun o‘quv-seminar tashkil...

Matbuot kotiblari, OAV vakillari va blogerlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat Adliya boshqarmasi, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Xorazm viloyat hududiy bo‘linmasi va Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.

Seminarda “Axborot tarqatish kafolatlari, axborot tarqatishda aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etish” mavzusida ma’ruzalar tinglandi.

O‘quv-seminar ochiq muloqot tarzida tashkil etildi. Unda davlat organlari tomonidan ochiqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, OAV va aholi tomonidan talab etilishi mumkin bo‘lgan axborot, shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish tartibi, feyk xabarlarning kelib chiqishi va tarqatilishi, shuningdek, post va kontent yaratish, umuman, sohaga oid qonunchilikdagi ta’riflar haqida ma’ruzalar qilindi. Axborot tarqatish kafolatlari, axborot tarqatishda aybsizlik prezumpiyasiga rioya etish haqida hamda o‘quv-seminar mavzusi yuzasidan batafsil fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazmunli va samarali o‘tgan seminarda ishtirokchilar savollarga javob olish bilan bir qatorda kelgusida sohaga oid boshqa mavzularda shu kabi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda hamkorlik qilishga kelishildi.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.