Matbuot kotiblari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Апрель 06, 2022
- 485 кўрилди
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimi tomonidan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashda OAV, blogerlar bilan hamkorlikning roli” mavzusida matbuot kotiblari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Unda ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidiy materiallarga tezkor munosabat bildirish, PR-texnologiyalar bilan ishlash, tashkilot imidjini shakllantirish, axborot resurslaridan foydalanishdagi ilgʻor tajribalar xususida maʼruzalar qilindi.
Ochiq muloqot yakunida axborot xizmatlari faoliyati, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning yoritilishi, ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan hamkorlik masalalari, 2022-yil I choragi uchun belgilangan media-reja ijrosi tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilab olindi.