Matbuot kotiblari va OAV vakillari uchun o‘quv-seminar o`tkazildi

Matbuot kotiblari va OAV vakillari uchun o‘quv-seminar o`tkazildi

Xorazm viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika soxasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori hamda Yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati mavzularida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Xorazm viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i D.Bekchanova, Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi O‘.Matqurbonov, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Sobirov va viloyat Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi R.Ibrohimovlarning ma’ruzalari tinglandi.

Hamkor tashkilotlar rahbar, mas’ul xodimlari, idora va tashkilotlar matbuot kotiblari hamda OAV vakillari ishtirok etgan seminarda mamlakatimizda davlat boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, ular ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati, ularning davlat bilan jamiyat o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlashda o‘ziga xos “ko‘prik” ro‘lini bajarishi ta’kidlandi.

Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan reklamaga qo‘yiladigan talablar, reklama beruvchining, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchining huquq va majburiyatlari yuzasidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida muhim ma’lumotlar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.