Matbuot kotiblari va OAV vakillari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

Matbuot kotiblari va OAV vakillari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

Joriy yilning 20 oktabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat Adliya boshqarmasi, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Xorazm viloyat hududiy bo‘linmasi va Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamkorligida “Oshkoralikni ta’minlash va aholining davlat hokimiyati organlariga ishonchini mustahkamlashda ommaviy axborot vositalarining o‘rni” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Hamkor tashkilotlar rahbar, mas’ul xodimlari, idora va tashkilotlar matbuot kotiblari hamda OAV vakillari ishtirok etgan seminarda mamlakatimizda davlat boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, ular ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati, ularning davlat bilan jamiyat o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlashda o‘ziga xos “ko‘prik” ro‘lini bajarishi ta’kidlandi.

Seminarda jamoatchilik nazoratini ta’minlash, axborot tarqatishning huquqiy asoslari, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborotlarga munosabat bildirish va murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, jurnalistlarning kasb etikasi prinsiplari va normalari, shuningdek, qonunchilikda axborot sohasidagi huquq hamda mas’uliyat aniq belgilanganligi bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.

Seminar ishtirokchilari tomonidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni yanada oshirish yuzasidan takliflar bildirilib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib olindi.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.