OCHIQLIK VA OSHKORALIKNI TAʼMINLASHDA MATBUOT KOTIBLARINING OʻRNI MUHIM!

OCHIQLIK VA OSHKORALIKNI TAʼMINLASHDA MATBUOT KOTIBLARINING OʻRNI MUHIM!

Xorazm viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyat boʻlimi hamkorligida matbuot kotiblari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Unda boshqarma boshligʻi D.Bekchanova tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidiy materiallarga tezkor munosabat bildirish, PR-texnologiyalar bilan ishlash, tashkilot imidjini shakllantirish, axborot resurslaridan foydalanishdagi ilgʻor tajribalar xususida maʼruzalar qilindi.

Shuningdek, ochiq muloqotda axborot xizmatlari faoliyati, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning yoritilishi, ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan hamkorlik masalalari, 2022-yil IV choragi uchun belgilangan media-reja ijrosi tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

Ochiq muloqot yakunida Jurnalistlar uyushmasi viloyat boʻlimi raisi Oʻ.Matqurbonov tomonidan matbuot kotiblari uchun “Mahorat darsi” ham oʻtkazilib, unda matbuot tadbirlarini oʻtkazish, ularda ommaviy axborot vositalarining ishtiroki, tadbirlarni ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanib, jamoatchilikka yetkazish, axborotni yetkazib berishda turli instrumentlardan foydalanish kabi masalalar oʻrin oldi.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.