OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI QAROR VA FARMONLAR AHOLI FAROVONLIGI OSHIRISH YOʻLIDA
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Апрель 22, 2024
- 157 кўрилди
Bugungi kunda yurtimizda barqaror oʻsish surʼatlari va aholining yuqori farovonligini taʼminlash, mamlakatimizning rivojlangan davlatlar qatoridagi oʻrnini mustahkamlash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratuvchi zamonaviy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish borasida keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarni jadal modernizatsiyalash, bu sohada mamlakat raqobatbardoshligini oshirish maqsadida sanoat hamda boshqa muhim tarmoqlardagi ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash natijasida bugungi kunda milliy iqtisodiyotimiz zamon talablariga mos keluvchi yangi qiyofa kasb etib bormoqda.
Amalga oshirilayotgan islohotlar bilan birga, yurtboshimiz tomonidan iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish borasida maxsus dasturlar, qaror va farmonlar qabul qilinib ijroga yoʻnaltirilmoqda.
2023-yil 25-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2024 - 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qabul qilingan qarordan ham mamlakatimizni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish maqsad qilingan. Mamlakatimizning kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beruvchi hujjat hisoblanadigan ushbu qarorda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish, hududlarda, ayniqsa, mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek, aholi turmush darajasini oshirish hamda tadbirkorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida koʻplab chora-tadbirlar belgilab berilgan.
Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalari tomonidan jamoatchilik fikri va aholi istaklari asosida 2024 - 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi.
2024-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari hamda 2025 - 2026-yillar uchun maqsadli moʻljallar;
2024-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish doirasida moliyalashtiriladigan yoʻnalishlarning asosiy parametrlari;
2024-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarida yangi quvvatlar yaratishning maqsadli koʻrsatkichlari hamda 2025 - 2026-yillar uchun maqsadli moʻljallar;
2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli roʻyxatlar;
2024-yilda maʼmuriy, muhandislik-infratuzilma, alohida muhim va toifalangan obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha manzilli roʻyxat;
2024-yilda huquqni muhofaza qilish va mudofaa obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha manzilli roʻyxat;
2024-yilda maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash boʻyicha obyektlarning manzilli roʻyxati;
2024-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan byudjet tizimi byudjetlaridan moliyalashtiriladigan obyektlar roʻyxati shular jumlasidandir.
Hech shubhasiz, Qarorda ezgu niyatlar ila belgilab olingan maqsad va vazifalar xalqimiz farovonligini taʼminlab, hayotini yanada yaxshilashga xizmat qilish bilan bir qatorda, yurtimiz kelajagiga samarali va ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bu esa, oʻz navbatida, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imidjini mustahkamlash barobarida, uni xalqaro maydonda yanada ishonchli hamkor sifatida namoyon etishga zamin yaratadi.
“Yuksalish harakati”
Xorazm viloyati hududiy boʻlinmasi
mutaxassisi N.Solayev