Ochiq muloqot

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – ommaviy axborot vositalari erkin faoliyat yuritishining huquqiy kafolati”, “Davlat tilining roli va ahamiyati”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi – faoliyatimizning asosiy mezoni”, “Jamoatchilik nazoratini ta’minlashda OAV, jurnalist va blogerlarning o‘rni”, “Jurnalistlarning kasb etikasi” mavzularida ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar va blogerlar uchun ochiq muloqot tashkil qilindi.

Matbuot tadbirida viloyat hokimining til masalalari bo‘yicha maslahatchisi R.Xudayberganov, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i D. Bekchanova, viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari O. Adambaev, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi O‘. Matqurbonov, viloyat Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Rasulbek Ibrohimov ma’ruzalar bilan chiqdilar.

Ochiq muloqot ishtirokchilarning o‘zaro savol-javob va fikr-mulohazalari bilan yakunlandi.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.