QUVONDIQ-MAʼNAVIYAT FIDOYISI

“Bilim-xazina”  xususiy korxonasiga qarashli “Yoshlar kutubxonasi”  egasi tashabbuskor tadbirkor  Quvondiq Abdullayevga “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni topshirildi. “Yoshlar kutubxonasi” majmua  tarzida tashkil qilingan boʻlib,  100 mingdan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, diniy, ilmiy, badiiy, maʼnaviy-maʼrifiy adabiyotlar jamlangan. Mazkur dargohda bir vaqtning oʻzida 100 dan ortiq kitobxonga oʻtirib kitob oʻqishlari uchun shart-sharoit yaratilgan. Kutubxona va kitob doʻkoni majmuasi Alisher Navoiy nomli Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va Mahmud Zamaxshariy nomli Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazining  elektron kitoblar bazasiga bogʻlangan.

D.BEKCHANOVA

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.