SIZDAN SHIFO TOPDIM...

Mamlakatimizda tibbiyot sohasida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Bir soʻz bilan aytganda,  eng avvalo inson qadri, aholi salomatligi masalasi  ustuvor ravishda  yuksak eʼtirof qilinmoqda.

Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, sohada malakali shifokor kadrlarni yetishtirish muhim ahamiyat kasb etyapti.

Oʻz ustida qund bilan ishlagan har qanday shifokor yuksak martabalarga loyiq.

Zero,  bemorlarning mehriga sazovor boʻlish hammaga ham nasib qilavermaydi. Dardlarga malham boʻlayotgan shifokorning huzuriga "Sizdan shifo topdim", deya oshiqib borasiz, bu tabiiy.

Matyakubov Baxtiyor Qurambayevich ana shunday qoʻli gul shifokorlardan.

Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokor oʻrinbosari, endokrinolog  Matyakubov Baxtiyor Qurambayevichga qoʻlingiz dard koʻrmasin, deymiz.

Dilbar BEKCHANOVA,
jurnalist

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.