TUPROQQALʼADA YANGI KUTUBXONA

Tumanda yangi axborot- kutubxona markazi ish boshladi. Oʻtgan ikki oy  ichida kutubxona fondi turli adabiyotlar bilan boyitilmoqda.  Yaqinda  yangi nashrdan chiqqan  “Turkiy adabiyot durdonalari” asarlar toʻplamidan 310 dona kitob kutubxona markaziga  taqdim  qilindi. 

Kutubxona tuman kasb - hunar maktabi binosining bir qismida  joylashgan. Hozir axborot–kutubxona markazining umumiy fondi  34 990 dona kitobga yetdi, 13 nafar xodim ish bilan taʼminlandi.   Kitobxonlar soni esa 500 nafarga yaqinlashdi.
Markazda elektron resurslarni joriy qilish, foydalanuvchilar tomonidan koʻp soʻraladigan adabiyotlarning elektron nusxasini yaratish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, markazning kitob fondini boyitish, turli badiiy va bolalar adabiyotlari bilan  toʻldirish, jumladan, kadrlar salohiyatini, kasbiy malakalarini oshirish yuzasidan ishlar samarali davom ettirilmoqda.

N. Saparbayev, 
boshqarma bosh mutaxassisi

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.