VOHA TURIZMI JOZIBADORLIGINI YANADA YUKSALTIRISH – DOLZARB VAZIFA

VOHA TURIZMI JOZIBADORLIGINI YANADA YUKSALTIRISH – DOLZARB VAZIFA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan bosma ommaviy axborot vositalari va matbuot kotiblari uchun Xorazmning turistik salohiyati va imkoniyatlarini ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritilishini tashkil etish yuzasidan seminar-yigʻilish oʻtkazildi. Unda hududiy bosma ommaviy axborot vositalari va matbuot kotiblari ishtirok qilishdi.

Tadbirda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, hududning noyob tarixiy-madaniy va meʼmoriy obidalari bilan sayyohlarni yanada yaxshiroq tanishtirish hamda vohaning ekologik, ichki va ziyorat turizmi, dam olish va sayyohlik zonalari imkoniyatlarini ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borish masalasi muhokama qilindi. Ishtirokchilarga materiallar tayyorlashda  sohaga doir tahliliy maqolalar, reportaj, lavha, ocherk, suhbat-intervyu, jurnalistik tekshiruv kabi janrdan samarali foydalanish yuzasidan atroflicha tavsiyalar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi,  viloyat hokimligi hamda viloyat  turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi  hamkorligida ommaviy axborot vositalari orqali  hududning turistik imkoniyatlarini aniqlash, uning turlarini diversikatsiya qilish, yangi turistik marshrutlarni ishlab chiqish va rivojlantirish istiqbollarini keng targʻib qilish maqsadida media-reja tasdiqlandi. Shuningdek,  “Turizm jozibadorligi ommaviy axborot vositalarida nigohida” mavzusida jurnalistlar oʻrtasida tanlov eʼlon qilindi. Ushbu tanlov taqdimoti joriy yilning yakuni-yangi yil arafasida oʻtkazilishi rejalashtirildi.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.