Xorazm viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi билан ҳамкорликда матбуот анжумани
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Апрель 23, 2021
- 846 кўрилди
Bugun 23-aprel kuni soat Xorazm viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” 2021 yil 12 apreldagi PQ-5071-son qarorining maqsadi, mazmun-mohiyati yuzasidan matbuot anjumani oʼtkazildi.
2021-yilgi rejaga asosan Xorazm viloyatda 1115 quvvatga ega 7 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda 8350 quvvatga ega 334 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatlarini tashkil etish belgilangan.
Uchrashuvda shu mavzu yuzasidan va oilaviy bog'cha ochish tartibi to'g'risida ham ma'lumotlar berildi.
Xorazm viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi matbuot xizmati.