Xorazm viloyatida o‘z ishini boshlagan “Kitobsevar millat” shiori...

Xorazm viloyatida o‘z ishini boshlagan “Kitobsevar millat” shiori ostidagi IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida viloyat hokimligi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi viloyat boshqarmasi va qo‘riqlash boshqarmasi harbiy xizmatchilari, talabalar, o‘quvchilar, kitobxonlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirga so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda kitob mutolaasini keng joriy etish, aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish davlat siyosati darajasida targ‘ib qilinayotgani, mahalliy, shuningdek, xorijiy adabiyotlarni sifatli tarjima qilish, umuman, tarjima maktabini yuksaltirishga katta e’tibor qaratilayotganini alohida e’tirof etishdi.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.