“Xorazmda milliylik – urfda” tanlovi g’oliblari aniqlandi

“Xorazmda milliylik – urfda” tanlovi g’oliblari aniqlandi

Joriy yilning dastlabki oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamda viloyat Madaniyat boshqarmasi hamkorligida “Xorazmda milliylik – urfda” mavzusida televideniya, bosma nashrlar, elektron nashrlar muxbirlari, matbuot kotiblari hamda blogerlar o‘rtasida beshta yo‘nalish bo‘yicha tanlovlar e’lon qilingan edi.

Kecha Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida mazkur tanlovlarning faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda faol ishtirok etgan Urganch tuman hokimligi Matbuot kotibi Masharipov Najotbek Jumaniyozovich, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Matbuot kotibi Ahmedova Marhabo Farhod qizi, Urganch davlat pedogogika instituti Matbuot kotibi Kamilova Nazokat Saidjanovna, “Xorazm haqiqati”, “Хорезмская правда” gazetalari birlashgan tahririyati muhbiri Otaxon Nafullaev, “Haqiqat yo‘lidamiz” OAV rahbari, bloger Quvonchoy Sherjanovalarga bugungi yutuqlari bilan samimiy muborak etamiz va ishlarida muvofaqqiyatlar tilaymiz.

Qatnashchilar taqdim qilgan ishlarda viloyatning ijtimoiy-madaniy rivojlanishini ta’minlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, o‘zbek xalqining milliy, boy madaniy merosini targ‘ib qilish, viloyat aholisining milliy liboslarga e’tiborini qaratish orqali estetik didini oshirish, turizmni rivojlantirish maqsadlarida tashkil qilingan mazkur tanlov doirasida maqolalar, qisqa metrajli ijtimoiy roliklar, blog hamda fleshmoblar orqali OAVlari, veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda atroflicha, keng ko‘lamda yoritib borilgan.

Taqdimot jarayonida media sohasida faoliyat olib borayotgan insonlarning mehnatlari alohida e’tirof etildi va ijodkorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va sovg‘alar topshirildi.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.