“Yoshlar hayoti ommaviy axborot vositalari nigohida”
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Февраль 23, 2024
- 183 кўрилди
2024 yil - “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tahrir hay’ati hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida “Yoshlar hayoti ommaviy axborot vositalari nigohida” tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlov g‘oliblari to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadilar:
Davriy nashrlar muxbirlari o‘rtasidagi g‘olib;
Televideniya muxbirlari o‘rtasidagi g‘olib;
Elektron nashrlar muxbirlari o‘rtasida g‘olib;
Blogerlar o‘rtasida g‘olib.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlanadilar. Mukofotlar 2024-yil yakuni bilan yangi yil bayrami arafasida topshiriladi.
Tanlovga 2024-yil 20-dekabrgacha bo‘lgan muddatda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ijodiy ishlar – ocherk, lavha, suhbat, turli publitsistik maqolalar, teleradio ko‘rsatuv va eshittirishlar, blogerlar tomonidan yoritilgan video materiallar taqdim etiladi. Ishtirokchi o‘zining kamida 5 ta ijodiy ishini topshiradi.
Tanlov materiallari viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasida qabul qilinadi.
Manzil: Urganch shahri, A. Qodiriy ko‘chasi, 2B-uy.
Murojaat uchun telefonlar: (62) 223-17-55. (62) 223 13-26.