URGANCH SHAHRIDAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA KITOB YARMARKASI VA IJODIY...

URGANCH SHAHRIDAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA KITOB YARMARKASI VA IJODIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Bugun Urganch shahridagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida "Kitobsevar millat" shiori ostida kitob yarmarkalari o'tkazildi.

Yarmarka davomida o'quvchilar o'zlari yoqtirgan badiiy adabiyotlarni sotib oldilar, ota-onalar farzandlariga va maktab kutubxona fondiga turli xil kitoblarni sovg'a qildilar.

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida Urganch shahridagi 6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig'i Dilbar Bekchanova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari shoir, adib, dramaturg va Maxtumqulishunos Qurbon Muhammadrizo, shoira  Shoira Shams, vohaning faol ijodkori, iste’dodli shoira Qurvonbika O‘rozmetova ishtirok qildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar kitobning inson kamolotidagi beqiyos ahamiyatini hayotiy misollar orqali yoritib berdilar, o‘z ijod namunalaridan o‘qib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Uchrashuv nihoyatda samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.