TADBIRKORLAR BILAN PROFILAKTIK SUHBAT
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Октябрь 15, 2021
- 619 кўрилди
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasida viloyatda matbaa faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxonalar rahbarlari va ularning xodimlari bilan muloqot o‘tkazildi.
Profilaktik suhbatda Xorazm viloyati hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi R.Xudayberganov, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi viloyati hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i R.Sharipov ishtirok qilib, viloyatda matbaa xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga sohaga doir qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati, me’yorlarga qat’iy e’tibor berish zarurligini atroflicha tushuntirildi.
Muloqotda matbaa xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqilayotgan banner, buklet va flaerlar (ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari) sifatiga alohida ahamiyat qaratish lozimligi xususida aytib o‘tildi. Shu bilan birga, mas’ullar tomonidan matbaa xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘cha va aholi gavjum joylarida joylashtirilgan turli ko‘rgazmali targ‘ibot materiallaridagi kamchiliklar keng jamoatchilik tomonidan boshqacha talqin qilinishi mumkinligi tushuntirildi.
Profilaktik suhbat muloqot tarzida o‘tib, ishtirokchilarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
N.SAPARBAEV