
XORAZMDA 18-APREL KUNI "KITOBXONLIK HAFTALIGI” GA START BERILADI
- Автор: Сапарбоев Наврўз
- Апрель 16, 2022
- 538 кўрилди
Joriy yilning 18-23-aprel kunlari yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Xorazmda ham Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim, Madaniyat viloyat boshqarmalari, viloyat axborot-kutubxona markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Maʼnaviyat-maʼrifat markazi viloyat boʻlimlari hamkorligida “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” keng miqyosda oʻtkaziladi.
Viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan Dasturga koʻra Haftalik doirasida shahar va tuman istirohat bogʻlarida kitob bayramlari hamda axborot-kutubxona markazlari, oliy taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablarida adib va shoirlar bilan uchrashuvlar, kitob taqdimotlari, kitob yarmarkalari va turli kitobxonlik tadbirlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.